Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash bo'limi bosh iqtisodchisi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:30
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Boshqarma ichidagi vazifalar taqsimoti doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tasdiqlangan, tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli dasturlarning ijrosini moliyalashtirish masalalari boʻyicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish va maʼlumotlar bazasini tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi.
- Katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi
- Rus tili B2, ingliz tili B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










