Fuqarolarni qo’llab-quvvatlash markazi mutaxassisi
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:55
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot
- Rus tili B2 darajasida
Ish vazifalari
- Aloqa markazi faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) monitoringini yuritish hamda oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini mazmuni, mavzusi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tahlil qilish, murojaatlar tendensiyasini o‘rganish, aniqlangan muammolar yuzasidan tahliliy xulosalar va takliflar tayyorlash.
- Tahliliy ma’lumotnomalar, taqdimot materiallari va boshqa xizmat hujjatlarini tayyorlash, shuningdek murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










