Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

To'lov tizimlari infratuzilmalari va axborottexnologiyalari bo'limi bosh mutaxassisi

Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 22:03
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar


  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma'lumot
  • Bank tizimi yoki to'lov tashkilotlarida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Rus tili B1 va ingliz tili A1 darajasida

Ish vazifalari


  • Bo‘limda amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bank qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, bo‘lim ish-rejasining bajarilishini ta’minlaydi.
  • Rahbariyat tomonidan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
  • Viloyatdagi to‘lov tizimi va to‘lov tizimining ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda vakolat doirasidagi tegishli ishlarni muvofiqlashtiradi hamda Markaziy bank topshiriqlarini bajaradi.
  • Tijorat banklari viloyat boshqarmalari va bank filiallariga bo‘lim vakolati doirasida Markaziy bankning topshiriqlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradi hamda ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
  • To‘lov tizimi va to‘lov tizimining ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda vakolat doirasidagi tegishli ishlarni muvofiqlashtiradi hamda Markaziy bank topshiriqlarini bajaradi.
  • Bank kartalari infratuzilmasini (jumladan, terminallar, bankomatlar, infokiosklar tarmog‘ini) kengaytirish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni joriy etish bo‘yicha ishlarni monitoringini yuritadi.
  • Aholi o‘rtasida bank kartalari hamda to‘lov terminallardan foydalanish va ularning afzalliklari to‘g‘risida muntazam seminarlar va tushuntirish ishlarini tashkillashtiradi.
  • Bo‘lim faoliyatiga oid hisobot va ma’lumotlarni tayyorlashda ko‘maklashadi, zaruratga ko‘ra bo‘lim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aholiga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimlarini yanada ommalashtirish bo‘yicha hududdagi tijorat banklari filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi hamda monitoring qilish ishlarini bajaradi.
  • Viloyatdagi tijorat bank filiallarida to‘lov tizimlari va naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlarni amalga oshiradi.
  • Mehnat va ijro intizomiga rioya qiladi, shuningdek o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
  • Mehnat va ijro intizomiga rioya qiladi, shuningdek o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
  • Bo‘lim faoliyatiga oid ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11952.10
+36.46
EUR = 13779.58
+30.12
RUB = 145.21
-0.98
GBP = 16066.01
+31.13
JPY = 75.47
-0.01
CHF = 14748.40
+28.65
CNY = 1771.31
+5.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X