Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Narxlar va iqtisodiy kutilmalarni o’rganish bo’limi bosh iqtisodchisi

Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:32
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020 yil 10 dekabrdagi 27/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Markaziy Bank tomonidan Respublika hududlarida iste’mol tovarlari narxlarining o’zgarishini kuzatish bo’yicha”, “Inflyatsion kutilmalar va sezilgan inflyatsiya darajasini aniqlash maqsadida so’rovlar o’tkazish bo’yicha” hamda “Aholining iste’mol kayfiyatini o’rganish maqsadida so’rovlar o’tkazish bo’yicha” “Narxlar va iqtisodiy kutilmalarni o’rganish bo’limi”da umumiy boshqaruvni amalga oshiradi;
  • Hududdagi tanlab olingan savdo va xizmat ko’rsatish ob’ektlarida tuzilgan iste’mol savati tarkibiga kiruvchi iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlari dinamikasini o’zgarishi bo’yicha ma’lumotlarni veb-saytga sifatli va o’z vaqtida kiritilishi, tovar va xizmatlar narxlarini kuzatishlarni uslubiy qo’llanmada belgilangan muddatlarda muntazam ravishda amalga oshirib borishda umumiy nazoratni o’rnatadi.
  • Davlat chegarasidan o’tish punktlarida mamlakat hududiga kirib keluvchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va mamlakatdan chiqib ketuvchi chet el fuqarolari o’rtasida uslubiy qo’llanmaga asosan statistik so’rovlar o’tkazish ishlariga rahbarlik qiladi.
  • “Narxlar va iqtisodiy kutilmalarni o’rganish bo’limi” xodimlarini amaldagi va yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va amaldagi boshqa Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bilan muntazam ravishda tanishtirib, xodimlar bilan o’quv mashg’ulotlari o’tkazilishini ta’minlaydi

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma'lumot
  • Bank tizimida kamida 3 yil ish tajribasi
  • Rus tili B1 darajasida

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11989.46
+29.28
EUR = 13815.45
+54.07
RUB = 149.48
-0.94
GBP = 16125.82
+39.38
JPY = 76.32
+1.57
CHF = 14821.93
+25.22
CNY = 1775.51
+3.97
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X