Naqd pul muomalasini tashkil qilish va to‘lovlarni monitoring qilish bo‘limi bosh iqtisodchisi (muddatli mehnat shartnomasi asosida)
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:43
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Bank tizimida 2 yil ish tajribasi
- Rus tili B1 darajasida
Ish vazifalari
- Viloyat bo‘yicha har kunlik naqd pul tushumi va chiqimi to‘g‘risidagi ma’lumotni tayyorlash;
- Tijorat banklari tomonidan 2018 yil 1 maydagi 3003-sonli yo‘riqnoma talablarini bajarilishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar haqida ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish, hisobot tuzib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‘natish, hisobotlardagi xato–kamchiliklar bo‘yicha tegishli banklarga ogohlantirish va e’tiroz xatlari tayyorlash.
- Viloyat bo‘yicha oy davomida tijorat banklari va tumanlar qirqimida hamda filiallar bo‘yicha naqd pul tushumi hamda chiqimi to‘g‘risidagi ma’lumotni, ya’ni bank kassalariga naqd pullarning qaytishi hisob–kitobini amalga oshirish shuningdek, asosiy sohalar bo‘yicha kassa aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ish va monitoring qilib borish
- Tijorat banklari tomonidan savdo va pullik xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘rnatilgan terminallar orqali amalga oshirilgan mablag‘ aylanmasini tahlil qilish
- Tijorat banklaridan olingan 1312-shakl statistik ma’lumotlarni buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari bilan solishtirib aniqlangan farqlar sabablarini o‘rganib borish
- To‘lov tizimlari infratuzilmalari va axborot texnologiyalari bo‘limi bilan hamkorlikda hududda bankomatlarning muntazam ishlashi, naqd pul bilan ta’minlanishini monitoring qilib borish, bankomatlarda naqd pullarni doimiy ravishda bo‘lishi yuzasidan zaruriy choralar ko‘rib borish
Ingliz tili
Talab qilinmaydi
Rus tili
B1
Ariza muddati: 14 Iyul 2026Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli