Ijro apparati Rahbar yordamchisi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:31
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Rahbarga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, tahliliy materaiallar, ma’lumotnomalar va hisobotlarni tarkibiy bo‘linmalardan so‘rab oladi, umumlashtiradi va taqdim etadi
- Bosh boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari hamda tijorat banklari va ularning filiallarida qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek bosh boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda nazorat qilish.
- Yig‘ilishlar, muzokaralar, selektor va videokonferensiyalarni tashkil qiladi, kun tartibini tayyorlaydi, ishtirokchilarni xabardor qiladi hamda zarur materiallarni jamlash.
- Rahbar nomiga kelib tushgan murojaatlar, xatlar va boshqa materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijroga yo‘naltirish ishlarini tashkil etadi hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshirish.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy
- Bank tizimida 1 yil ish tajribasi
- Rus tili B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










