Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Ijro apparati Rahbar yordamchisi

Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:48
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

Talablar
  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma'lumot
  • Bank tizimida kamida 2 yil ish tajribasi
  • Rus tili B1 darajasida

Ish vazifalari
  • Bosh boshqarmaga ijro uchun kelib tushayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida mas’ul ijrochi etib belgilangan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan Bosh boshqarmaning farmoyishi, buyrug‘i, nazorat rejasi yoki harakat dasturini ishlab chiqilib, tasdiqlanishi va ijrochilarga yetkazib berilishini nazorat qilish;
  • Bosh boshqarma tomonidan viloyat tijorat banklariga berilgan topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlar olish va umumlashtirish;
  • Bosh boshqarmaga elektron va yozma shaklda kelib tushgan xat-hujjatlarni o‘z vaqtida Bosh boshqarma boshlig‘ining munosabat belgisini (fishka) belgilangan tartibda rasmiylashtirish va imzolanganidan keyin EHA dasturiga munosabat belgisi matnini kiritish hamda tegishli xodimlarga yuborish;
  • Og‘zaki qabulga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul jadvaliga muvofiq tegishli o‘rinbosarlar va tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari bilan birgalikda ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha suhbat bayonlari rasmiylashtirish;
  • O‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarini, nizomlarini, farmoyishlarini, yo‘riqnomalarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Hukumat qarorlarini doimiy ravishda o‘rganib boradi.
Ingliz tili

Talab qilinmaydi

Rus tili

B1

Ariza muddati: 14 Iyul 2026
Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12092.87
+16.89
EUR = 13824.57
+24.14
RUB = 157.13
-0.19
GBP = 16194.77
+0.88
JPY = 74.65
+0.03
CHF = 14942.38
-23.51
CNY = 1784.37
+2.36
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X