Moliya sohasidagi tadqiqotlar boshqarmasi Iqtisodchi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:23
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Moliya sohasidagi tadqiqotlar boshqarmasi iqtisodchisining asosiy vazifasi bank-moliya sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va dastlabki tahlil qilish jarayonlarida ishtirok etishdan iborat. U kreditlar, depozitlar, foiz stavkalari, bank likvidligi va boshqa moliyaviy indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tekshirish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
- Jadval, grafik va qisqa tahliliy izohlarni tayyorlash, bank-moliya bozorlaridagi o‘zgarishlarni muntazam kuzatish hamda dastlabki monitoring yuritish vazifalarini bajaradi. Zarur hollarda katta yoki yetakchi iqtisodchilarning topshiriqlariga muvofiq hisob-kitoblar va taqqoslashlarni amalga oshiradi;
- Tahliliy hisobotlar, ma’lumotnomalar va taqdimotlar uchun ishchi materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi. O‘ziga yuklatilgan kundalik vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish, ma’lumotlar aniqligini tekshirish hamda rahbariyat topshiriqlarini sifatli ijro etish orqali boshqarma faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Moliya, bank ishi, iqtisodiyot, statistika yoki unga turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot
- Ish tajribasi talab etilmaydi, bank-moliya ma’lumotlari, statistik jadvallar yoki tahliliy materiallar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi; yangi bitiruvchilar uchun amaliyot va tadqiqot tajribasi inobatga olinadi
- Ingliz tili B2 darajasida, rus tili B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










