Makroiqtisodiy tadqiqotlar boshqarmasi Yetakchi iqtisodchi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:24
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Makroiqtisodiy tadqiqotlar boshqarmasi yetakchi iqtisodchisining asosiy vazifasi makroiqtisodiy jarayon va tendensiyalarni kuzatib, o‘rganib borish hamda Markaziy bank rahbariyatiga kiritish uchun ushbu yo‘nalishdagi oylik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashdan iborat;
- Inflyatsiya, iqtisodiy faollik, tashqi savdo, fiskal sharoitlar va mehnat bozoriga oid ma’lumotlar bazasini yuritish hamda yangilab borish; jadvallar, grafiklar, dashbordlar va taqdimot materiallarini tayyorlashda ishtirok etish, shu orqali makroiqtisodiy tendensiyalarni vizual va tahliliy shaklda aks ettirish;
- Shuningdek, fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishda ishtirok etish, empirik hisob-kitoblar va xalqaro taqqoslashlarni amalga oshirish.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, statistika, ekonometrika, ma’lumotlar ilmi yoki moliya yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; magistratura darajasi ustunlik beradi;
- Iqtisodiy tahlil, statistik ma’lumotlar yoki tadqiqot loyihalari bilan ishlash yo‘nalishida kamida 1 yillik tajriba;
- Ingliz tili B2, rus tili B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










