Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarini masofaviy nazorat qilish boshqarmasi Katta mutaxassis

Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:26
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • To‘lov tizimi subyektlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar va (yoki) ularning axborot tizimlaridan olinadigan maʼlumotlar, elektron hujjatlar hamda boshqa maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, sirli mijoz sifatida nazorat toʻlovlarini oʻtkazish orqali masofaviy nazoratni amalga oshirish.
  • Tavakkalchiliklarni baholash hamda ularda toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi bilan bogʻliq aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishda ishtirok etish.
  • Тoʻlov tizimlari va toʻlov tashkilotlarini xalqaro standartlarga va Markaziy bank talablariga muvofiqligi yuzasidan baholashni oʻtkazishda ishtirok etish.
  • Toʻlov tizimi subyektlari tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish va toʻlov tizimida ishlash tartibi buzilgan hollarda ularga nisbatan tegishli chora va sanksiyalar qoʻllash masalasi boʻyicha Bank nazorati qoʻmitasiga taklif tayyorlash.

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy ma'lumot (Iqtisodiyot, Bank ishi, Moliya, Raqamli iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari, Axborot xavfsizligi)
  • Bank-moliya, iqtisod yoki toʻlov tizimlarida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Rus tili B2, ingliz tili B1 darajasida


Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11989.46
+29.28
EUR = 13815.45
+54.07
RUB = 149.48
-0.94
GBP = 16125.82
+39.38
JPY = 76.32
+1.57
CHF = 14821.93
+25.22
CNY = 1775.51
+3.97
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X