Milliy va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash va Gender komplayens nazorat katta mutaxassisi (muddatli mehnat shartnomasi asosida)
Yangilangan sana: 30 Iyul 2026, 09:50
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Menejment, iqtisodiyot, sotsiologiya, gender tadqiqotlari yoki yurisprudensiya yoʻnalishlari boʻyicha oliy ma‘lumot
- Inson resurslarini boshqarish, tashkiliy rivojlanish, kadrlar maʼmurchiligi yoki mehnat munosabatlari, gender tadqiqotlari yoki yurisprudensiya sohasida 2 yillik ish tajribasi
- Gender yoki inklyuziya boʻyicha trening sertifikatlariga ega boʻlish nomzodga ustunlik beradi
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
Ish vazifalari
- Strategik aloqalar xalqaro moliya institutlari bilan gender tenglik masalalarida doimiy aloqalarni oʻrnatish;
- Xalqaro standartlar integratsiyasi Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan xalqaro konvensiyalar va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG 5) bank tizimiga tatbiq etish;
- Inklyuzivlik normalari kadrlar xilma-xilligini (Diversity & Inclusion) taʼminlash boʻyicha huquqiy mexanizmlarni yaratish (yoshi, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar teng imkoniyatlar);
- Ichki Gender audit har yili departamentlar kesimida yashirin tengsizliklarni aniqlash maqsadida audit oʻtkazishda ishtirok etish;
- Tijorat banklari uchun tavsiyaviy hujjatlar, chora-tadbirlar va yoʻriqnomalar tayyorlash;
- Xalqaro tashkilotlar (BMT, UN Women, World Bank, ABR) bilan ishlash va hisobotlarini vazirlik va davlat tashkilotlariga yuborish, tijorat banklari koordinatorlari bilan tizimli ishlash;
- Kommunikatsiya kanallari orqali axborotni tezkor, aniq va tushunarli yetkazish Gender asosida zoʻravonlik, taʼqib kamsitish holatlarining oldini olish mexanizmlarini bilish;
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










