Gender tenglik koʻrsatkichlarini shakllantirish va monitoring qilish yetakchi mutaxassisi
Yangilangan sana: 30 Iyul 2026, 09:50
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Matematika, iqtisodiyot, statistika, data analitika, dasturiy injenering, muhandis-dasturchi, gender tadqiqotlari boʻyicha oliy ma‘lumot
- Statistika, data analitika, dasturiy injiniring, muhandis - dasturchi, smm - mutaxassisi, SMM va raqamli marketing bo‘yicha 1 yil ish tajribasi
- Gender yoki inklyuziya boʻyicha trening sertifikatlariga ega boʻlish nomzodga ustunlik beradi.
- Rus va ingliz tillari B1 darajasida
Ish vazifalari
- Gender tenglikni baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, bazasini shakllantirish, yuritish va takomillashtirish;
- Gender haftaligini o‘tkazishda postlar, infografikalar, videolar va matnlar tayyorlash, axborot-targʻibot tadbirlar haqida maʼlumotlar panelida eʼlon qilib borish;
- Bo‘lim faoliyatiga oid hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, Gender tenglikka oid so‘rovlar, tadqiqotlar va tahliliy ishlarda ishtirok etish;
- Gender ko‘rsatkichlari bo‘yicha axborot tizimlari, elektron hujjat aylanishi va ichki platformalarda ish jarayonlarini amalga oshirish;
- Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha milliy strategiyalar va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va yoʻriqnomalar, Gender tenglik boʻyicha (BMT tavsiyalari, ESG va inklyuziv boshqaruv standartlari) yoʻnalishlari boʻyicha bilimlar;
- Gender tenglik bo‘yicha davlat dasturlari, strategiyalar va “Yo‘l xaritalari” ijrosini monitoring qilish. Davlat organlari va xalqaro tashkilotlarga taqdim etiladigan ma’lumotlarni shakllantirish va Gender tenglik masalalari bo‘yicha yillik va choraklik hisobotlar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar (Telegram,) uchun kontent rejasini ishlab chiqish.
- Auditoriya bilan muloqot qilish: izohlar va xabarlarga javob berish, foydalanuvchilar fikrini tahlil qilish
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










