Yoshlarga oid davlat siyosati va sport sohasini muvofiqlashtirish boʻlimi Katta mutaxassis
Yangilangan sana: 30 Iyul 2026, 09:51
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot: iqtisodiyot, madaniyat va san'at, yoki ijtimoiy, jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida
- Bank tizimi, yoshlar yoki sport yoʻnalishida kamida 2 yil ish tajribasi
- Rus va ingliz tillari B1 darajada
- O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-septabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunini bilish.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini bilish.
Ish vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish.
- Sport turlari bo‘yicha “Rais kubogi” musobaqalarini tashkil qilish.
- Ishdan so‘ng sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
- Jamoaviy marafonlar tashkil qilish.
- Sport musobaqalarini barcha xodimlar uchun o‘tkazib borish.
- Haftada bir kunni sport kuni deb e’lon qilish ishlarini olib borish.
- Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus, takliflari va g‘oyalarini tizimli o‘rganish, tahlil etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










