Jarayonlarni qayta tashkil qilish boshqarmasi Mutaxassis
Yangilangan sana: 31 Iyul 2026, 21:08
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Menejment, iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya, davlat boshqaruvi yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishi.
- Ish tajribasi talab etilmaydi.
- Rus tili B1, ingliz tili A2 darajasida talab etiladi.
- Lavozimga oid texnik va tashkiliy bilimlar: Jarayonlarni tavsiflash, tahlil qilish, optimallashtirish va hujjatlashtirish asoslari; Jarayonlarning joriy va maqsadli holatini tavsiflash va modellashtirish asoslari; Jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ijrosini yuritish tartibi; BPM, BPMN, ARIS va boshqa jarayonlarni modellashtirish vositalari asoslari; Jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar; Ma’lumotnomalar, jadvallar, xulosalar va takliflar tayyorlash tartibi.
- Loyihalar tahlil dasturlarida (Jira, Confluence, Trello va b.) bo‘yicha asosiy tushunchalar ega boʻlish;
Ish vazifalari
- Markaziy bankda mavjud ish jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va dastlabki tahlil qilishda ishtirok etish;
- Jarayonlardagi takrorlanuvchi, ortiqcha, samarasiz va qo‘shimcha resurs talab qiluvchi amaliyotlarni aniqlash bo‘yicha materiallar tayyorlashda qatnashish;
- Jarayonlarni optimallashtirish, standartlashtirish va maqsadli holatga o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish;
- Maqsadli jarayonlarni joriy etishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish;
- Jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni yig‘ish;
- Jarayon tahlili asosida avtomatlashtirish va raqamlashtirish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;
- Jarayonlarning joriy va maqsadli holatlarini tavsiflash va modellashtirish ishlarida qatnashish;
- ARIS va boshqa qo‘llaniladigan axborot tizimlarida jarayonga oid hujjatlar va ma’lumotlarni kiritishda ishtirok etish
- Jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’lumotlar tayyorlash;
- Xizmat rahbari va boshqarma boshlig‘i topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










