Jarayonlarni qayta tashkil qilish boshqarmasi Yetakchi mutaxassis
Yangilangan sana: 31 Iyul 2026, 21:08
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Menejment, iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya, davlat boshqaruvi yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishi.
- Bank-moliya, axborot texnologiyalari, konsalting, audit, loyihalar va/yoki jarayonlar bilan ishlash sohasida ish tajribasi – kamida 1 yil.
- Rus va ingliz tillari B1 darajasida
- Magistratura darajasi, Biznes-tahlil, jarayonlarni boshqarish, BPM, ARIS, Lean Six Sigma yoki loyiha boshqaruvi bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lish ustunlik beradi.
Ish vazifalari
- Markaziy bankda mavjud ish jarayonlarini tahlil qilish, optimallashtirish va qayta tashkil etish bo‘yicha materiallar tayyorlashda ishtirok etish;
- Jarayonlardagi takrorlanuvchi, ortiqcha, samarasiz va qo‘shimcha resurs talab qiluvchi amaliyotlarni aniqlashda ishtirok etish;
- Jarayonlarni reinjiniring qilish, standartlashtirish va maqsadli holatga o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
- Maqsadli jarayonlarni joriy etishga qaratilgan loyihalarni uslubiy qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish;
- Jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish;
- Jarayon tahlili asosida avtomatlashtirish va raqamlashtirish imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha materiallar tayyorlash;
- Jarayonlarning joriy va maqsadli holatlarini tavsiflash, modellashtirish va dolzarblashtirish ishlarida ishtirok etish;
- ARIS va boshqa qo‘llaniladigan axborot tizimlarida jarayonga oid hujjatlar va modellarni yuritishda qatnashish;
- Jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan takliflar tayyorlash;
- Xizmat rahbari va boshqarma boshlig‘i topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










