Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Jarayonlarni hujjatlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi Katta mutaxassis

Yangilangan sana: 31 Iyul 2026, 21:09
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Menejment, iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya, davlat boshqaruvi yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishi.
  • Bank-moliya, axborot texnologiyalari, konsalting, audit, loyihalar va/yoki jarayonlar bilan ishlash sohasida ish tajribasi – kamida 2 yil.
  • Rus va ingliz tillari B2 darajasida
  • Magistratura darajasi, biznes-tahlil, jarayonlarni boshqarish, BPM, ARIS, Lean Six Sigma yoki loyiha boshqaruvi bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lish ustunlik beradi
  • Jarayonlarni tavsiflash, modellashtirish, tahlil qilish va hujjatlashtirish usullari; Jarayonlar reyestri va arxitekturasini yuritish tartibi; BPM, BPMN, ARIS va boshqa jarayonlarni modellashtirish vositalari asoslari; KPI va OKR ko‘rsatkichlari bilan ishlash, tahlil qilish va hisoblash tamoyillari; MS Office va Draw.io dasturlarida ishlash koʻnikmasiga ega boʻlish; Tahliliy hisobotlar, xulosalar va takliflar tayyorlash tartibi.
  • Loyihalar tahlil dasturlarida (Jira, Confluence, Trello va b.) ishlash koʻnikmasiga ega boʻlish;

Ish vazifalari

  • Jarayonlarni boshqarish metodologiyasi va standartlarini amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
  • Jarayonlar arxitekturasi va reyestrini shakllantirish, yuritish va yangilab borishda ishtirok etish;
  • Jarayon tavsiflari, modellar, reglamentlar va boshqa jarayonga oid hujjatlarni ishlab chiqish va yangilash;
  • ARIS va boshqa qo‘llaniladigan axborot tizimlarida jarayonga oid hujjatlar va modellarni yuritish;
  • Jarayonlarni avtomatlashtirish yoki raqamlashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash;
  • Jarayonlar samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Ichki normativ hujjatlar, tarkibiy bo‘linmalar nizomlari va lavozim yo‘riqnomalarini jarayonlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
  • Jarayonlarni boshqarish masalalari bo‘yicha xodimlarga maslahat va tushuntirishlar berish;
  • Xizmat rahbari va boshqarma boshlig‘i topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11989.46
+29.28
EUR = 13815.45
+54.07
RUB = 149.48
-0.94
GBP = 16125.82
+39.38
JPY = 76.32
+1.57
CHF = 14821.93
+25.22
CNY = 1775.51
+3.97
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X