Statistikani raqamlashtirish va metodologik rivojlantirish boshqarmasi Katta iqtisodchi
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:48
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Iqtisodiyot, moliya, statistika, davlat siyosati, davlat boshqaruvi, axborot texnologiyalari yoki ma’lumotlar ilmi yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi; magistratura darajasiga ega nomzodga ustunlik beriladi.
- Iqtisodiyot, moliya, statistika, ma’lumotlar tahlili, ma’lumotlar boshqaruvi, axborot texnologiyalari yoki turdosh yo‘nalishlarda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
- Raqamli kommunikatsiya vositalari, onlayn uchrashuv platformalari va masofaviy hamkorlik instrumentlaridan foydalanishni bilish;
- Rasmiy yozishmalarni davlat va xorijiy tillarda aniq, tushunarli va to‘g‘ri tayyorlash va yuritish;
Ish vazifalari
- Statistik ma’lumotlar sifati monitoringini yuritish hamda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida qo‘llaniladigan mantiqiy nazoratlar, verifikatsiya va validatsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- Statistik ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarida ma’lumotlarning dolzarbligi, to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish
- Statistik ma’lumotlar bazalarini yuritish, ma’lumotlarni tizimlashtirish va integratsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- Statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha metama’lumotlar, klassifikatorlar va ma’lumotnomalarni shakllantirish, yuritish va yangilab borishni amalga oshirish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










