Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kredit tashkilotlarining muammoli aktivlari bilan ishlash va moliyaviy tahlil qilish bo'limi bosh iqtisodchisi

Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:59
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma'lumot
  • Bank tizimida 2 yil ish tajribasi
  • Rus va ingliz tillari A1 darajasida

Ish vazifalari
  • Muammoli kreditlarni tegishli hisobvaraqlarda aks ettirilganligini, ularning sifati to'g'ri tasniflanganligi va ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi yetarli miqdorda zaxiralar shakllantirilganligini nazorat qiladi.
  • Muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablarini o'rganadi, undirish istiqbollari va mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi.
  • Banklarning muammoli (shu jumladan, potensial muammoga aylanishi mumkin bo'lgan) kreditlarini undirish bo'yicha reja-jadvalini shakllantiradi.
  • Muammoli kreditlarni reja-jadval asosida banklar va tumanlar qirqimida undirilishini nazorat qiladi.
  • Kredit garovi hisobiga olingan mol-mulklar bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni shakllantiradi. Mol-mulkning balansga olingan sanasi, saqlash sharoitlari, egalik qilish huquqi mavjudligini o'rganadi
  • Masofaviy tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda, taqdim etilgan ma'lumotlarni birlamchi hujjatlar bilan solishtiradi.
  • Mol-mulklar sifati, tasnifi va ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralarning yetarli miqdorda shakllantirilganligini o'rganadi.
  • Bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotilgan mulklar (debitor qarzdorliklar) bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni shakllantiradi.
  • Sotib oluvchining moliyaviy holatini va mulklar (debitor qarzdorliklar)ning sotish shartlarini (jumladan, to'lov jadvaliga rioya etilishi holati, bo'nak to'lovlari, shartnoma ta'minoti, shartnomani bekor qilish tartiblari va boshqalar) o'rganadi.
  • Masofaviy tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda, taqdim etilgan ma'lumotlarni birlamchi hujjatlar bilan solishtiradi.
  • Mol-mulklar sifati tasnifi va ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralarning yetarli miqdorda shakllantirilganligini o'rganadi.
  • Mehnat va ijro intizomiga rioya qiladi, shuningdek o'ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta'minlaydi.
  • Bo'limda olib borilayotgan ishlar bo'yicha tegishli maxfiylik rejimini ta'minlaydi va o'z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini ko'zlab undan foydalanish taqiqlanadi.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11952.10
+36.46
EUR = 13779.58
+30.12
RUB = 145.21
-0.98
GBP = 16066.01
+31.13
JPY = 75.47
-0.01
CHF = 14748.40
+28.65
CNY = 1771.31
+5.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X