Ma’muriy xo’jalik boshqarmasi Xo’jalik bo’limi yetakchi mutaxassisi
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 22:00
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi (bakalavriat) уоki iqtisodiyot yo'nalishida o'rta-maxsus professional ta'lim va amaliy tajriba
- Bank moliya yoki ma'muriy ishlar yo'nalishida kamida 2 yil ish tajribasi
- Bank moliya yoki ma'muriy ishlar yo'nalishida kamida 2 yil ish tajribasi
- Rus tili A2 darajasida
Ish vazifalari
- Bo‘lim boshlig‘i topshirig‘iga asosan, bo‘lim ish faoliyatida ichki farmoyish, topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosini amalga oshiradi va ular haqida hisobot beradi
- Tovar-moddiy boyliklar yetkazib beruvchi tashkilotlar, tegishli xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarning shartlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi
- Tovar-moddiy boyliklarni olishda ularning butligi, soni hamda tegishli mutaxassislar bilan ularning sifatini tekshirib oladi
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










