Xavfsizlik va axborotni muxofaza qilish sho‘basi mudiri
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 22:01
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot bank ishi, moliya, iqtisod, axborot texnologiyalari, axborotlashtirish, axborot xavfsizligi yo‘nalishlishida
- Ish tajribasi bank tizimida 5 yil
- Rus tili B2 darajasida, ingliz tili A2 darajasida
Ish vazifalari
- Bosh boshqarma xodimlarining maxsus elektron kalitlari (IATT, SM, FortiClient dasturlari) ishlashini, almashishini va yangilanishini ta’minlash hamda nazorat qilish.
- Bank obodonchiliklari va binolarining muhofaza qilinganligi, texnik jihozlanishi va dasturiy ta’minoti MB talablariga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar tayyorlash.
- Hududdagi tijorat banklari, ularning filiallari va bankdan tashqari tuzilmalarida (bank, minibank, BXM va h.k.) hamda to‘lov tashkilotlarida bank xavfsizligi va axborot muhofazasi masalalari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish va tahlil qilish.
- Bosh boshqarma boshlig‘i va Markaziy bank Xavfsizlik departamenti topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish, kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










