Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2025 yil 6-noyabr kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 5 Noy 2025, 18:20

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 6-noyabr kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida Markaziy bank obligatsiyalarini quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Auksionda joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:

Obligatsiya turi: Markaziy bank obligatsiyalari;

identifikatsion raqam: 21202CBUSS;

bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

joylashtirish sanasi: 2025 yil 6-noyabr;

chiqarilish hajmi: 30 000 000 000 000 (o‘ttiz trillion) so‘m;

muomala davri: 7 kun;

obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2025 yil 13-noyabr;

majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;

auksion o‘tkazilish shakli: gollandcha

daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.

daromadlilikning maksimal chegarasi: asosiy stavka

 

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00 – 11:30;

arizalarni qondirish vaqti: 11:30;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash:matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.




Ulashish:

 
USD = 12004.48
+32.84
EUR = 13155.71
-4.71
RUB = 146.56
+0.23
GBP = 15721.07
-27.62
JPY = 75.58
+0.71
CHF = 14252.02
+45.73
CNY = 1797.29
+1.55
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X