Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2026-yil 6-oktabr kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 6 Okt 2026, 10:27

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank
2026-yil 2-oktabr kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:

DQQ turi: o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;

identifikatsion raqam: 28048UMFS;

ISIN kod: UZA000006546

bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

auksion o‘tkazish sanasi: 2026-yil 6-oktabr;

muomala davri boshlanish sanasi: 2026-yil 8-oktabr;

chiqarilish hajmi: 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m;

muomala davri: 1095 kun;

majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2029-yil 7- oktabr;

qatiy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 13,0%;

foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy.

Foizli daromad to‘lanish sanalari:

birinchi davr:     2027 yil 8-aprel;

ikkinchi davr:   2027 yil 7-oktabr;

uchinchi davr:   2028 yil 6- aprel;

to‘rtinchi davr: 2028 yil 5-oktabr;

beshinchi davr:   2029 yil 5-aprel;

oltinchi davr:      2029 yil 7-oktabr;

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00 – 11:30;

arizalarni qondirish vaqti: 11:30;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;

auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;

Ushbu DQQni maksimal hajmi 3 000 000 000 000 (uch trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.




Ulashish:

 
USD = 12012.30
-32.42
EUR = 13466.99
-58.03
RUB = 145.33
-0.13
GBP = 16026.81
-36.03
JPY = 75.96
-0.16
CHF = 14581.57
-18.09
CNY = 1798.76
-4.13
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X