Joriy yilning 14 fevral kuni Markaziy bankda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari doirasida to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, bank xizmatlarini raqamlashtirish va ayrim bank xizmatlarini bank agentlik tarmoqlari orqali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, Markaziy bankning ushbu sohaga oid qonunosti normativ-huquqiy xujjatlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.