Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Matematika sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

Yangilangan sana:  24 Fev 2020, 11:52
21 Fev 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yil 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan bank tizimi hamkorligida Matematika sohasini rivojlantirish hamda ushbu fan yutuqlaridan amaliyotda foydalanishni kengaytirish maqsadida yoshlarda ushbu fanga qiziqishni kuchaytirish va olimlar, yosh tadqiqotchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Ushbu “Yo‘l xaritasi”da Matematika sohasini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus Jamg‘arma tashkil etish, ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun maxsus Jamg‘armaning Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyasini joriy qilish, Matematika fani va ta’limini rivojlantirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘qituvchilar va olimlarni moddiy rag‘batlantirish, olimlar va yosh tadqiqotchilarni xorijda o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning xalqaro olimpiadalarda qatnashishlarini rag‘batlantirish, Matematika sohasi bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishgan olimlar ishtirokida, yosh olimlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan doimiy ravishda uchrashuvlar, forumlar o‘tkazish va boshqa tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X