Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Banklararo intellektual liga” o‘yinlariga start berildi

Yangilangan sana:  25 Fev 2020, 17:42
24 Fev 2020

2020 yil 22 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan birinchi marta “Banklararo intellektual liga” o‘yinlarining dastlabki turi o‘tkazildi. Unda 19 ta tijorat bankidan 150 nafardan ortiq bank mutaxassislari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan yosh bankchilar uchun “Banklararo intellektual liga” loyihasi tashkillashtirildi. Loyiha yoshlarning yetakchilik, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, jamoa bilan ishlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Liganing dastlabki turida savollar bank ishi va moliya sohasi, qonunchilikka oid professional bilimlar va badiiy yo‘nalishlarga bag‘ishlandi.

Ilk musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Ipak Yo‘li” banki, ikkinchi o‘rinni Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda uchinchi o‘rinni “Aloqabank” jamoalari egallashdi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani bo‘yicha “Badiiy adabiyot bilimdoni” maxsus nominatsiyasi g‘olibligini Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakili Saodat Ro‘ziyeva qo‘lga kiritdi.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X