Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2021 yil 1 yanvardan tijorat banklari buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritadi

Yangilangan sana:  3 Mar 2020, 14:00
3 Mar 2020

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish, investorlarga yanada qulaylik yaratish hamda ularni zarur axborotlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:

- 2021 yil 1 yanvardan boshlab, buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishi va 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotni ushbu standartlar asosida tayyorlashi;

- 2021 yil yakuniga qadar xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, CPA, CIPA, DipIFR) yoki “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga ega kamida uch nafar mutaxassis mavjud bo‘lishi;

Shu bilan birga, qarorga ko‘ra davlat ulushi bo‘lgan korxonalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida MHXS bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tishi belgilandi.

Bundan tashqari, hujjatga asosan MHXSni joriy etish hamda mazkur sohada kadrlarni tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

USD = 10937.14
+26.13
EUR = 11154.79
-82.46
RUB = 178.20
-0.74
GBP = 13196.75
-56.85
JPY = 81.97
+0.22
CHF = 11571.24
-7.89
CNY = 1615.51
-3.45
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X