Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi e'lon qilindi

Yangilangan sana: 26 Dek 2025, 15:00
25 Dek 2025

Markaziy bank 2025-yilning III choragi uchun “Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi”ni eʼlon qildi. Mazkur sharh moliya tizimida faoliyat yuritayotgan 342 ta bank boʻlmagan moliyaviy tashkilotlarning boshqa iqtisodiy sektorlarga boʻlgan moliyaviy talablari va majburiyatlarini aks ettiradi.

Bank boʻlmagan tashkilotlar moliyaviy aktivlari hajmining moliya tizimidagi ulushi 2024-yil oxirida 5,4 foizni tashkil qilgan boʻlsa, mazkur koʻrsatkich 2025-yil 1-oktyabr holatiga kelib 6,1 foizga yoki 51,9 trln soʻmga yetdi.

Moliyaviy aktivlar hajmi dinamikasida boshqa moliyaviy tashkilotlardagi oʻsish surʼatlari bank tizimiga nisbatan ancha yuqori ekanligini koʻrsatdi. Jumladan, oxirgi olti yil davomida bank tizimi moliyaviy aktivlari hajmi 3,2 barobarga koʻpaygan boʻlsa, mazkur koʻrsatkich boshqa moliyaviy tashkilotlarda bank tizimiga nisbatan qariyb 2-marta tezroq oʻsib, 6 barobarga oshdi.

Boshqa moliyaviy tashkilotlarning iqtisodiyot real sektoriga yoʻnaltirilgan kredit qoʻyilmalari hajmi yuqori surʼatlarda ortib bormoqda. Taqqoslash uchun, boshqa moliyaviy tashkilotlarning real sektorga boʻlgan talablari 2024-yilning 1-oktyabr holatiga 20,5 trln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich bank tizimi kredit qoʻyilmalariga nisbatan 2 barobar tezroq oʻsib, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga 27,3 trln soʻmga yetdi.

Aktivlarning kapital bilan taʼminlanganlik darajasida boshqa moliyaviy tashkilotlar nisbatan yuqori barqarorlik namoyon etmoqda. Xususan, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga tijorat banklarida aktivlarning kapital bilan taʼminlanganlik darajasi 16,2 foizni tashkil qilgan boʻlsa, boshqa moliyaviy tashkilotlarda mazkur koʻrsatkich 50,9 foizga (2024-yil 1-oktyabr holatida 45,2 foiz) yetdi.

Umuman olganda, bank boʻlmagan moliyaviy tashkilotlar moliyaviy aktivlar hajmining oʻsib borayotganligi, kapital bazasining mustahkamlanayotganli hamda iqtisodiyotning real sektoriga kredit qoʻyilmalari hajmining barqaror oshib borayotganligi ularning moliya tizimidagi rolini mustahkamlamoqda.

Sharh bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X