Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Markaziy banki va “BlackRock” kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladi

Yangilangan sana: 22 Sen 2026, 14:54
22 Sen 2026

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro davlat zaxiralarini boshqarish forumi
(IPAM – 2026) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va global investitsiyalarni boshqarish kompaniyasi “BlackRock” o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum xalqaro zaxiralarni boshqarish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun asos yaratadi. Tomonlar aktivlarni strategik taqsimlash, portfelni shakllantirish, investitsiya yechimlari, xatarlarni boshqarish, kapital bozorlari bo‘yicha kutilmalar va makroprudensial tahlil, shuningdek o‘zaro manfaatli boshqa masalalar yuzasidan tajriba va fikr almashishni rejalashtirmoqda.

Memorandum doirasida muntazam ekspert muloqotini yo‘lga qo‘yish, jumladan “BlackRock” Investitsiya Instituti tomonidan global bozorlardagi o‘zgarishlar va makroiqtisodiy istiqbollar bo‘yicha brifinglar o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, Markaziy bank vakillarining “BlackRock” forumlari, davra suhbatlari, seminarlar va ta’lim dasturlarida, jumladan “BlackRock” Ta’lim Akademiyasi dasturlarida ishtirok etishi hamda Markaziy bank mutaxassislari uchun alohida o‘quv va tadqiqot dasturini ishlab chiqish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Hamkorlik Markaziy bankning xalqaro zaxiralarni boshqarish sohasidagi institutsional salohiyati va tahliliy ekspertizasini mustahkamlash, amaliyotlarni ilg‘or xalqaro tajribaga yanada uyg‘unlashtirish hamda global moliya bozorlarining yetakchi ishtirokchilari bilan professional aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Memorandumning amal qilish muddati ikki yil. U tomonlar uchun investitsiya mandati, bitim yoki moliyaviy majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi. Hamkorlikning aniq yo‘nalishlari zarur hollarda alohida kelishuvlar asosida va amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

USD = 11814.05
+11.86
EUR = 13482.19
-45.48
RUB = 139.93
+0.06
GBP = 15689.06
-79.85
JPY = 74.81
-0.28
CHF = 14356.60
-46.85
CNY = 1761.32
-0.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X