Markaziy bank Statistika va tadqiqotlar departamenti tomonidan tadqiqot o'tkazildi
8,5 milliondan ortiq kreditlar tahlili kredit to‘lovlarini kechiktirish ma’lum ijtimoiy-demografik va iqtisodiy omillar bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Qarz oluvchilar yoshi oshib borishi bilan kredit toʻlovlarini kechiktirish darajasi ham pasayadi. Kechiktirilgan shartnomalarning sezilarli qismi 20–35 yosh oralig‘idagi qarz oluvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Gender kesimida ayollarda kreditni kechiktirish ehtimoli erkaklarga nisbatan past shakllangan.
Daromad oshgan sari kechiktirish ehtimoli kamayib borishi kuzatildi.
Foiz stavkasi yuqori bo‘lgan segmentlarda to‘lovlarni kechiktirish darajasi ham yuqoriroq. Ayniqsa 45–50 foizdan yuqori stavkalarda risk sezilarli oshadi.
Kredit muddati bo‘yicha eng yuqori kechiktirish ko‘rsatkichi 24–36 oylik kreditlarda qayd etilgan. Qisqa muddatli kreditlarda esa bu ko‘rsatkich nisbatan past.
Onlayn rasmiylashtirilgan kreditlarda kechiktirish darajasi oflayn kreditlarga nisbatan yuqoriroq shakllangan.
Mazkur natijalar individual emas, balki umumiy statistik tendensiyalarni aks ettiradi.
Tadqiqotning qisqa tavsifi bilan tanishing
Tadqiqotning to‘liq talqini bilan tanishing
Kreditlarni qaytarishni kechiktirishning xulq-atvor va iqtisodiy omillari
Yangilangan sana: 19 Fev 2026, 10:23