Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning moliyaviy holati sharhi – 2026 yil I chorak yakuni

Yangilangan sana: 3 Iyun 2026, 14:38
3 Iyun 2026

2026 yilning yanvar–mart oylarida ushbu tashkilotlar jami 12,2 trillion so‘m kredit ajratgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p. Kreditlarning asosiy qismi (92 foizi) mikromoliya tashkilotlariga, qolgan 8 foizi esa lombardlarga tegishli.

Hozirda mikromoliya kreditlarining 72 foizi onlayn tarzda rasmiylashtirilmoqda. Raqamli kreditlash hajmi 8 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 2,2 baravar oshgan.

2026 yil 1 aprel holatiga sektorning jami aktivlari 14,4 trillion so‘m (o‘sish 50 foiz). Ularning 92 foizi – kreditlar.

Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2,3 foiz – bu o‘tgan yilgi 2,4 foizdan ham past. Mutlaq qiymatda 284 milliard so‘m. Eng ko‘p muammoli kredit “Tezkoyin” (77 mlrd) va “Shaffof-Moliya” (51 mlrd)da to‘plangan.

Sektor bir chorakda 385,3 milliard so‘m sof foyda olgan. Mikromoliya tashkilotlari 300,4 mlrd so‘m, lombardlar esa 84,9 mlrd so‘m foyda qilgan. Aktivlar rentabelligi (ROA) mikromoliya tashkilotlarida 17,3 foiz, lombardlarda esa 56,7 foiz – bu juda yuqori ko‘rsatkich.

Sharhning qisqa tavsifi bilan havola orqali tanishing

To‘liq sharh bilan havola orqali tanishing

USD = 11970.68
+36.04
EUR = 13902.75
+6.06
RUB = 163.18
-0.96
GBP = 16099.37
+22.22
JPY = 74.91
+0.2
CHF = 15164.28
-21.67
CNY = 1768.04
+3.45
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X