Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

SERBIYA MILLIY BANKI BILAN HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Yangilangan sana: 8 Iyul 2026, 11:34
8 Iyul 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Serbiya Milliy banki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki mamlakat markaziy banklari o‘rtasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Memorandum doirasida fintex innovatsiyalari, ochiq banking
(Open Banking), markaziy banklarning raqamli valyutalari (CBDC), tartibga soluvchi “regulyator qumdon” mexanizmlari hamda risklarni baholash metodologiyalari bo‘yicha bilim va amaliy tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Memorandum markaziy banklar o‘rtasidagi professional va ekspertlik muloqotini mustahkamlash, tegishli yo‘nalishlarda ikki tomonlama ishchi uchrashuvlar, o‘quv tadbirlari va seminarlar tashkil etish, shuningdek, ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘zaro almashishga ko‘maklashishga qaratilgan.

 


USD = 12004.75
-16.57
EUR = 13691.42
-42.94
RUB = 157.11
-0.53
GBP = 16017.94
-67.79
JPY = 73.89
-0.34
CHF = 14855.53
-38.93
CNY = 1765.46
-3.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X