Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Qurilish materiallari sanoati uchun moliyaviy yechimlar

Yangilangan sana: 14 Okt 2026, 19:39
14 Okt 2026

2026-yil 13-oktabr kuni Toshkent shahrida Markaziy bank va tijorat banklari rahbariyati ishtirokida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda korxonalarning investitsiya loyihalari va joriy faoliyatini moliyalashtirish, garov ta’minoti hamda kredit shartlariga oid masalalar muhokama qilindi.

Muloqotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida qurilish materiallari sanoatida 50 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 1,1 milliard dollarlik eksport amalga oshirildi va 3 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilindi. Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45 foizga oshdi.

Muloqotda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va uskunalarni modernizatsiya qilish uchun investitsiya kreditlari, shuningdek, mavsumiy savdo davrida aylanma mablag‘larni moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Moliyalashtirishda korxonaning faoliyat tarixi, daromadlari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va loyihaning istiqboli hisobga olinishi tushuntirildi.

Boshlangan investitsiya loyihalarini yakunlash uchun qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish, mavjud kreditlarning muddatlari va foiz stavkalarini qayta ko‘rib chiqish masalalari ham ko‘tarildi. Bunday murojaatlarni baholashda loyihaning iqtisodiy asoslari, mavjud kredit majburiyatlari va korxonaning qarzni qaytarish imkoniyatlarini hisobga olish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, kredit foiz xarajatlarini qoplash, raqamlashtirish, ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida axborot berildi.

Muloqotda tijorat banklari qurilish materiallari sanoati uchun yangi kredit mahsulotlarini ishlab chiqayotgani ma’lum qilindi.

USD = 11963.16
+49.81
EUR = 13390.36
+61.7
RUB = 142.33
-0.06
GBP = 15870.33
+91.1
JPY = 75.50
+0.18
CHF = 14358.09
+46.04
CNY = 1787.47
+7.71
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X