Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Murojaatlar e’tiborda

Yangilangan sana: 14 Avg 2026, 19:51
14 Avg 2026

Markaziy bankda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularni tinglash va vakolat doirasida yechim topishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Fuqarolar qabuli davomida bank xizmatlaridan foydalanishda turli vaziyatlarga duch kelgan mijozlarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganiladi.
Navbatdagi qabul davomida fuqarolardan birining bank xizmatlari bilan bog‘liq murojaati tinglandi.

Fuqaroning ma’lum qilishicha, u 2026-yil 4-mart kuni tijorat banklaridan birining Yangiyo‘l filialida uchta yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirgan. Biroq ushbu to‘lovlardan ikkitasi tegishli manzilga o‘tkazilmagani sababli mazkur masala yuzasidan bank filialiga to‘rt marotaba murojaat qilgan.

Shuningdek, fuqaro bank xodimlarining mijoz bilan muloqoti, jumladan, kassirning munosabati yuzasidan ham e’tiroz bildirgan.
Mazkur murojaat Markaziy bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari ishtirokida ko‘rib chiqilib, nazoratga olindi. Hozirda to‘lov operatsiyalari, fuqaroning bankka qilgan avvalgi murojaatlari va ularga ko‘rilgan choralar, shuningdek, mavjud videokuzatuv yozuvlari o‘rganilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga tegishli baho beriladi hamda zarur hollarda qonunchilik va Markaziy bank vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Fuqarolarning bunday murojaatlari alohida holat sifatida ko‘rib chiqilishi bilan birga, banklarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlar bilan ishlash amaliyoti va mavjud muammolar sabablarini aniqlash nuqtayi nazaridan ham tahlil qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz: bank xizmatlari bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda, avvalo xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish tavsiya etiladi. Agar masala hal etilmasa yoki ko‘rilgan choralar yetarli bo‘lmasa, Markaziy bankning 1800 qisqa raqamli Ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin.

Markaziy bank kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish, aniqlangan masalalar bo‘yicha esa vakolati doirasida tegishli choralarni ko‘rish ishlarini davom ettiradi.

USD = 11891.18
-46.71
EUR = 13753.34
-15.82
RUB = 141.83
+0.07
GBP = 16095.90
-11.89
JPY = 74.73
-0.19
CHF = 14644.31
-46.67
CNY = 1763.93
-6.46
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X