Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va Ant Group transchegaraviy to‘lovlar hamda fintexni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Yangilangan sana: 28 Avg 2026, 13:56
27 Avg 2026

Silk Road Finance & Technology Forum 2026 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Tencent” kompaniyasi vakillari o‘rtasidagi muloqotda transchegaraviy QR-to‘lovlarni rivojlantirish masalalari muhokamalar markazida boldi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda ishga tushgan yagona QR to‘lov tizimini xorijiy to‘lov ekotizimlari bilan integratsiya qilish hamda mamlakatimiz fuqarolari va xorijiy sayyohlar uchun to‘lov jarayonlarini yanada qulaylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

QRning global to‘lov tizimlari bilan integratsiyasi xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonda o‘zlari foydalanib kelayotgan to‘lov ilovalari orqali naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish, Respublikamiz fuqarolariga esa xorijda QR asosidagi to‘lov xizmatlaridan yanada kengroq foydalanish imkonini yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Uchrashuvda “Tencent” kompaniyasining boshqa mamlakatlarda milliy QR infratuzilmalarini xalqaro to‘lov ekotizimlari bilan bog‘lash bo‘yicha tajribasi bilan tanishish, shuningdek, kelgusidagi ishlarning aniq bosqichlarini belgilash maqsadida texnik uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishildi.

Markaziy bank va “Tencent” transchegaraviy QR-to‘lovlarni rivojlantirish hamda fuqarolar va sayyohlar uchun yanada qulay va o‘zaro bog‘langan to‘lov muhitini yaratishga qaratilgan amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

USD = 11813.09
-7.39
EUR = 13677.20
-88.93
RUB = 135.61
-1.9
GBP = 15929.95
-129.35
JPY = 74.00
-0.04
CHF = 14507.05
-196.87
CNY = 1757.53
-1.23
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X