Hozirda O‘zbekistonda raqamli islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari va ular uchun zarur tartibga solish va institutsional muhitni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda.
Shu munosabat bilan, Silk Road Finance & Technology Forum 2026 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Malayziya Markaziy Banki va Maybank vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishning turli modellari ustida fikr almashinib, texnologik infratuzilma bilan bir qatorda tegishli tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish muhimligi qayd etildi.
Tomonlar raqamli moliya va islomiy moliya yo‘nalishlarida tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishni davom ettirishga kelishib olishdi.










