Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kreativ iqtisodiyotda ijodkor yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan hamkorlik

Yangilangan sana: 3 Sen 2026, 18:56
3 Sen 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum yosh ijodkorlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning ijodiy ishlari va g‘oyalarini targ‘ib etish, ta’lim jarayonida egallangan bilim va ko‘nikmalarini amaliy loyihalarga integratsiyalash hamda kreativ iqtisodiyotdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida dizayn, tasviriy va amaliy san’at hamda animatsiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ko‘rgazmalar va ijodiy tadbirlar tashkil etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Markaziy bankning suvenir va esdalik tangalarini yaratishda institut talabalari va yosh ijodkorlarning g‘oyalari hamda dizayn yechimlaridan foydalanishda ham hamkorlik qilish maqsad qilingan.

USD = 11785.30
-9.7
EUR = 13695.70
-3.01
RUB = 136.13
+0.33
GBP = 15949.05
+31.7
JPY = 75.42
-0.14
CHF = 14564.14
-21
CNY = 1756.14
+0.7
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X