Xalqaro zaxiralarini boshqarish (IPAM) 2026 forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Citibank rahbari Jeyson Zullo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda xalqaro zaxiralarni boshqarish, jumladan
oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish, aktivlar tarkibini optimallashtirish hamda zaxiralarni boshqarish bilan bog‘liq xatarlar va operatsion xarajatlarni kamaytirish yondashuvlari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, jahon markaziy banklari zaxiralari tarkibida oltinning o‘rni ortib borayotganini inobatga olgan holda, oltin zaxiralarini boshqarish bo‘yicha strategik yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, zaxiralarni boshqarish sohasidagi tashkilotlar va yetakchi xalqaro banklar bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.










