Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Pul-kredit siyosati sharhi – 2026 yil II chorak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Yangilangan sana: 22 Sen 2026, 11:10
22 Sen 2026

2026 yilning II choragida O‘zbekiston iqtisodiyotida yuqori faollik saqlanib qoldi. Bunga ichki talabning yuqoriligi, iste’mol va investitsion faollikning oshishi, shuningdek, xizmatlar, sanoat va qurilish sohalaridagi o‘sish xizmat qildi. Natijada, 2026 yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 8,5 foizga o‘sdi. Shu asosda, 2026 yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozi 7,5–8 foizgacha oshirildi.

2026 yil iyun oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizni tashkil etdi. Bu yil boshiga nisbatan 0,9 foiz bandga past bo‘lsa-da, may oyidagi 5,5 foizdan yuqori bo‘ldi. Bunga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir hamda avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlaridagi o‘zgarishlar asosiy ta’sir ko‘rsatdi. Bazaviy inflyatsiya 5,7 foiz atrofida saqlanib qoldi. Bu iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimlar to‘liq pasaymaganini ko‘rsatadi.

Iyun oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasayishdan to‘xtadi. Aholining inflyatsion kutilmalari 10,1 foizni, biznes subyektlariniki esa 9,9 foizni tashkil etdi. Ular amaldagi inflyatsiyadan qariyb 4 foiz bandga yuqori bo‘lib qolmoqda.

Tashqi iqtisodiy sharoitlarda noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Jahonda energiya, o‘g‘it va oziq-ovqat narxlarining oshishi, shuningdek, yoqilg‘i ta’minoti hamda logistika bilan bog‘liq xatarlar import qilinadigan inflyatsion bosimlarni kuchaytirishi mumkin.

Shu bilan birga, oltindan tashqari eksportning yuqori o‘sishi, xalqaro pul o‘tkazmalari, xorijiy investitsiyalar hamda aholi tomonidan xorijiy valyutaning sof sotilishi ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta taklifini qo‘llab-quvvatlamoqda. II chorakda real samarali almashuv kursi 0,9 foizga pasaydi, bu tashqi talabni rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi.

Pul-kredit sharoitlari qat’iyligicha saqlanmoqda. Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz darajasida belgilandi. Ijobiy real foiz stavkalari milliy valyutadagi jamg‘armalarni rag‘batlantirib, kreditlar o‘sishining muvozanatli shakllanishiga yordam bermoqda. Xususan, milliy valyutadagi depozitlar yillik hisobda 46,1 foizga oshdi, kreditlar qoldig‘ining o‘sishi esa 12,9 foizgacha sekinlashdi.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2026 yil yakunida inflyatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Inflyatsiyaning 2027 yilda 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga qaytishi prognoz qilinmoqda.

Markaziy bank inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar dinamikasi, yalpi talab, likvidlik sharoitlari, almashuv kursi hamda tashqi xatarlarni diqqat bilan kuzatib boradi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani o‘rta muddatda 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.

Sharhning qisqa tavsifi bilan havola orqali tanishing
To'liq sharh bilan havola orqali tanishing

USD = 11809.82
-29.77
EUR = 13569.48
+0.13
RUB = 140.68
+0.26
GBP = 15820.43
+16.95
JPY = 75.12
+0.11
CHF = 14381.17
+38.84
CNY = 1763.87
-3.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X