Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

TadbirCore raqamli kredit marketpleysi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

Yangilangan sana: 25 Sen 2026, 14:13
25 Sen 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida kichik va o‘rta biznes hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yaratilgan TadbirCore ochiq raqamli kredit marketpleysi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda OAV vakillariga platformaning ishlash mexanizmi, tadbirkorlar va banklar uchun imkoniyatlari hamda dastlabki natijalari taqdim etildi.

TadbirCore orqali tadbirkor turli banklarga alohida murojaat qilish o‘rniga, bitta ariza orqali platformaga ulangan banklardan kredit takliflarini olishi, ularni bir joyda taqqoslashi va o‘z biznesiga mos variantni tanlashi mumkin. Banklar esa o‘z kredit siyosati va mezonlaridan kelib chiqib moliyalashtirish takliflarini shakllantiradi.

Bugungi kunga qadar TadbirCore orqali 3 mingdan ortiq kredit arizasi topshirilgan, 1 000 dan ortiq kredit ajratilgan. Ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 400 mlrd so‘mdan oshgan.

Matbuot anjumani doirasida platformaning ishlash jarayoni amaliy tarzda namoyish etilib, tadbirkorlarning tajribalari tinglandi hamda OAV vakillarining savollariga javob berildi.

Jonli efir videosi
Mega rolik

Taqdimot

USD = 11825.40
-5.47
EUR = 13483.32
+32.8
RUB = 140.34
+1.07
GBP = 15669.84
+25.88
JPY = 75.04
+0.55
CHF = 14273.26
-23.86
CNY = 1761.49
-1
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X