Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va Jahon banki statistika masalalarini muhokama qildi

Yangilangan sana: 28 Sen 2026, 12:14
28 Sen 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati Jahon banki guruhining bosh statistigi, Rivojlanish ma’lumotlari guruhi direktori Haishan Fu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini amalga oshirishda Markaziy bankning ishtiroki, shuningdek zamonaviy, ishonchli va o‘zaro integratsiyalashgan milliy statistika tizimini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Markaziy bankda statistika faoliyatini institutsional va texnologik jihatdan mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, 2026-yilda pul-kredit va moliyaviy statistika, to‘lov balansi statistikasi, statistik jarayonlarni raqamlashtirish hamda metodologiyani takomillashtirish yo‘nalishlarini yagona tizimga birlashtirgan Statistika va to‘lov balansi departamenti tashkil etilgani qayd etildi.

Ayni paytda Markaziy bank statistikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli strategiya ishlab chiqilmoqda, statistik jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Tomonlar milliy hisoblar, pul-kredit va moliyaviy statistika hamda tashqi sektor statistikasi o‘rtasidagi izchillikni kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaradi. Bunda yagona ta’riflar, tasniflar va metama’lumotlardan foydalanish, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muntazam ravishda muvofiqlashtirish hamda ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish jarayonlarini uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2025-yilda yangilangan Milliy hisoblar tizimi (SNA, 2025) va To‘lov balansi va xalqaro investitsiyaviy mavqe qo‘llanmasi (BPM7, 2025) standartlariga o‘tishga tayyorgarlik, idoralararo axborot almashinuvi hamda ma’lumotlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda statistik ma’lumotlarning sifati va maxfiyligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarni hisobga olishga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda, shuningdek, statistik ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va tarqatishda zamonaviy raqamli vositalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida tomonlar milliy strategiyani amalga oshirish, statistika ma’lumotlarining sifati va o‘zaro taqqoslanuvchanligini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, raqamli infratuzilma va mutaxassislar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ishchi muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

USD = 11806.97
-18.43
EUR = 13430.43
-52.89
RUB = 139.86
-0.48
GBP = 15659.58
-10.26
JPY = 75.22
+0.18
CHF = 14192.78
-80.48
CNY = 1759.48
-2.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X