Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi”AJ faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 28 Sen 2026, 12:21
28 Sen 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Markaziy bank va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi vakillari hamda Depozitariy Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Niko Staes ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Depozitariyda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, uning rivojlanish strategiyasi hamda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining savdodan keyingi infratuzilmasini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Niko Staes qimmatli qog‘ozlar bozori xizmatlari va savdodan keyingi operatsiyalar sohasida qariyb 30 yillik xalqaro tajribaga ega. Hozirda u “Deutsche Börse Group” tarkibiga kiruvchi “Clearstream Services” (Praga) kompaniyasida aktivlarni boshqarish yo‘nalishi rahbari sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida Depozitariyni rivojlantirish jarayoniga professional tajribasi bilan hissa qo‘shib kelmoqda.

Muloqot davomida Depozitariyning joriy faoliyati va tashkiliy rivojlanishi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish uchun zarur infratuzilmaviy ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Xususan, ikkilamchi bozorni rivojlantirish, xalqaro kastodian tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investorlarning bozorga kirish imkoniyatlarini yaxshilash hamda alohida infratuzilmaviy loyihalarni o‘zaro bog‘langan va yaxlit ekotizim doirasida rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Niko Staes, o‘z navbatida, taklif etilayotgan yechimlarni xalqaro nuqtayi nazardan baholash hamda turli operatsion ssenariylarni dastlabki bosqichdayoq ko‘rib chiqish muhimligini ta’kidladi. Xususan, hisob-kitoblar barqarorligi va uzluksizligini ta’minlash hamda aktivlarni samarali boshqarish maqsadida savdodan keyingi infratuzilmani doimiy rivojlantirib borish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Niko Staes bilan Depozitariy faoliyatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik va muloqotlar davom ettirilishiga kelishib olindi.

 

USD = 11806.97
-18.43
EUR = 13430.43
-52.89
RUB = 139.86
-0.48
GBP = 15659.58
-10.26
JPY = 75.22
+0.18
CHF = 14192.78
-80.48
CNY = 1759.48
-2.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X