Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Fuqarolar va tadbirkorlarning kreditga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi

Yangilangan sana: 3 Okt 2026, 23:39
3 Okt 2026

Markaziy bank rahbariyatining navbatdagi qabulida kredit bo‘yicha foiz va jarimalarni hisoblash hamda qarzdorlikni undirish masalalariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, tadbirkorlik subyektlaridan biri kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha sud qaroridan keyin ham foiz va neustoyka hisoblanganini bildirib, ushbu summalarni bekor qilishni so‘radi. Tegishli bankka holatni o‘rganish va tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish topshirildi.

Yana bir fuqaro avtokredit bo‘yicha garov hujjatlari o‘z vaqtida taqdim etilmagani sababli qo‘llanilgan jarimani bekor qilish hamda bank kartasidan yechib olingan mablag‘larni qaytarish masalasida murojaat qildi. Bank mutasaddilariga murojaatda keltirilgan holatlarni ko‘rib chiqib, fuqaroga amaliy ko‘mak berish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, ish joyidan ayrilgani sababli kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshira olmagan fuqaroning murojaati tinglandi. U hisoblangan foiz va jarimalar yuzasidan e’tiroz bildirib, qarzdorlik hisob-kitoblarini qayta ko‘rib chiqish hamda majburiy undiruvni to‘xtatishni so‘radi. Mazkur murojaat bo‘yicha tegishli bankka hisob-kitoblarni o‘rganib chiqish va fuqaroning masalasini hal etishda ko‘maklashish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Markaziy bank fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish hamda banklar bilan hamkorlikda ularning masalalariga yechim topish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

USD = 11772.95
-35.81
EUR = 13224.55
-179.57
RUB = 141.14
-1.02
GBP = 15548.54
-142.94
JPY = 74.66
-0.54
CHF = 14240.90
+91.89
CNY = 1755.95
-5.34
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X