Markaziy bank rahbariyatining fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqaroning bank xizmatlari bilan bog‘liq murojaati tinglandi va unda ko‘tarilgan masala atroflicha muhokama qilindi.
Murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, murojaatning keyingi ko‘rib chiqilishi va belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan o'tkaziladigan ochiq muloqotlar davom etadi.
Markaziy bankning Koll-markaziga +998 71 200-00-44 raqami yoki 1800 qisqa raqami orqali bog‘lanib, murojaatingizni qoldirishingiz mumkin.










