Samarqand islomiy moliya forumi – 2026 doirasida Markaziy Osiyoda islomiy moliyani rivojlantirişda mintaqaviy hamkorlikka bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.
Davra suhbatida markaziy banklar, standartlarni belgilovçi xalqaro taşkilotlar, jumladan, Islomiy moliyaviy xizmatlar kengaşi (IFSB) va AAOIFI, universitetlarning yuqori martabali vakillari hamda Malayziya, Pokiston va Turkiyadan islomiy moliya böyiça ekspertlar iştirok etdi.
Iştirokçilar umumiy standartlarni işlab çiqiş, investitsiya mahsulotlarini transçegaraviy taklif etiş va qöşma işçi guruhlarni taşkil etiş böyiça xalqaro tajriba bilan örtoqlaşdi. Bunday maydonlar, qöşma seminarlar va bir-birining amaliyotini örganiş sohani amaliy jihatdan tuşunişga xizmat qilişi ta’kidlandi. Sohaning rivojlanişi esa barça manfaatdor tomonlarning iştirokini talab etadi: regulyatorlar, vazirliklar, moliya institutlari va akademik hamjamiyat.
Iştirokçilar fikriça, sohani rivojlantiriş kasbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga izçil sarmoya kiritişni talab etadi. Kadrlar salohiyatini oşiriş bankirlar va regulyatorlar bilan çeklanmasdan, sudyalar, yuristlar, buxgalterlar va şariat ekspertlarini ham qamrab olişi kerak. Universitetlar va boşqa ta’lim muassasalari esa mahalliy ekspertizani rivojlantiriş va mintaqada bilim almaşişga kömaklaşişi mumkin.
Muhokamada, şuningdek, jamiyatda islomiy moliya haqidagi tuşunçani oşiriş hamda jismoniy şaxslar va biznes tomonidan talabni şakllantiriş zarurligi körsatib ötildi. Iştirokçilar yoşlar uçun ma’rifiy va öquv dasturlari misollarini keltirdi. Ular bu işga ta’lim muassasalari va biznes hamjamiyati kabi keng doiradagi tomonlarni jalb etiş lozimligini aytdi.
Yakunda iştirokçilar muntazam muloqot muhimligini ta’kidlab, uşbu yönalişda birgalikdagi işni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.










