Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

SIFF 2026: Samarqandda 18 ta davlat vakillari islomiy moliya bozorini rivojlantirişning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi

Yangilangan sana: 27 Okt 2026, 22:19
27 Okt 2026

27-oktabr kuni Samarqand şahrida Samarkand Islamic Finance Forum (SIFF 2026) xalqaro forumining birinçi kun sessiyalari yakunlandi. Forum 18 davlatdan 400 dan ortiq iştirokçini, jumladan, markaziy banklar, xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari, ilmiy doiralar va soha ekspertlarini birlaştirdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bir qatorda Malayziya, Pokiston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Quvayt, Bahrayn, Turkiya, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlar vakillari qatnaşdi.

Muhokamalarda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonda islomiy moliyaning bugungi holati, bozorni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari, yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy etiş, tartibga soliş tizimini takomillaştiriş va mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Xususan, mamlakatimizda islomiy moliya uçun qonuniy asoslarni yaratişda amaliy mexanizmlarni joriy etişga ötilganligi alohida ta’kidlandi.

Malayziya Markaziy bankining sobiq rahbari Tan Sri Nor Shamsiah Mohd Yunus, Özbekiston va Qirğiziston markaziy banklari vakillari, Meezan Bank, HSBC Amanah, IFC va boşqa xalqaro institutlar ekspertlari iştirokidagi sessiyalarda an’anaviy banklarda islomiy “darçalar”ni taşkil etiş, korporativ boşqaruv, içki nazorat, tavakkalçiliklarni boşqariş va xalqaro standartlarni milliy amaliyotga moslaştiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, moliyaviy institutlarning barqaror faoliyat yuritişini ta’minlaş va bozorga yangi iştirokçilarning kirib kelişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş masalalari ham körib çiqildi.

Forumda Özbekistonda islomiy moliyani rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan institutsional islohotlar, jumladan, 2026–2030-yillarga möljallangan beşta ustuvor yönaliş va 39 ta çora-tadbirni qamrab oluvçi “yöl xaritasi” bilan boğliq vazifalar ham e’tibor markazida böldi. Bank xizmatlari infratuzilmasini rivojlantiriş, likvidlikni boşqariş mexanizmlarini şakllantiriş, xalqaro standartlarni joriy etiş va malakali mutaxassislar tayyorlaş uşbu yönalişdagi muhim masalalar sifatida qayd etildi.

Mazkur forum Özbekistonda islomiy bank faoliyati uçun huquqiy asoslar yaratilişi va dastlabki litsenziya berilişi bilan boşlangan yangi bosqiçga töğri kelmoqda. Bu jarayon moliyaviy xizmatlar turini kengaytiriş, bank sektorida raqobatni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari uçun qöşimça moliyalaştiriş imkoniyatlarini şakllantiriş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

28-oktabr kuni forum öz işini davom ettiradi. Navbatdagi sessiyalarda islomiy kapital bozorlari, sukuk va likvidlikni boşqariş instrumentlari, inson kapitalini rivojlantiriş, moliyaviy savodxonlikni oşiriş hamda jamoatçilik işonçini mustahkamlaş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilgan.

 

USD = 12014.37
+40.93
EUR = 13280.68
-1.46
RUB = 146.19
+1.66
GBP = 15899.82
+8.67
JPY = 75.11
+0.12
CHF = 14338.67
-50.75
CNY = 1800.90
+5.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X