Samarqand islomiy moliya forumi – 2026 doirasida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi örinbosari Sanjar Nosirov, moliyaviy inklyuziya böyiça bosh direktor Dilbar Abduganiyeva hamda tegişli departamentlar rahbarlari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Moliya sektori ofisi direktori Mohd Sani Mohd Ismail bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda 2023–2026-yillarda OTB tomonidan Markaziy bankka moliyaviy xizmatlar ommabopligini oşiriş, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, moliyaviy savodxonlik va nobank sektorida riskka asoslangan nazorat yönalişlarida körsatilgan texnik kömak natijalari sarhisob qilindi.
Şuningdek, tomonlar yangi texnik kömak yönalişlari, jumladan, islomiy kapital bozori va likvidlikni boşqariş instrumentlarini rivojlantiriş hamda nobank moliya sektori ustidan nazoratni takomillaştiriş böyiça fikr almaşdi.
Tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.










