Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida içki valyuta bozorida çet el valyutasi taklifi talabga nisbatan tezroq ösdi

Yangilangan sana: 2 Noy 2026, 11:51
2 Noy 2026

2026-yilning 9 oyida içki valyuta bozorida barqaror tendensiyalar saqlanib qoldi. Eksport tuşumlarining köpayişi, aholining valyuta sotuvlari faollaşuvi hamda xalqaro pul ötkazmalarining oşişi bozorda çet el valyutasi taklifini qöllab-quvvatladi.

Hisobot davrida yuridik va jismoniy şaxslarning çet el valyutasiga bölgan jami talabi 50,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,9 foizga oşdi. Bunda, yuridik şaxslar tomonidan 39,4 mlrd dollar, jismoniy şaxslar tomonidan 11,0 mlrd dollar xarid qilindi.

Içki valyuta bozorida xorijiy valyuta taklifi (Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda) 43,8 mlrd dollarni taşkil etib, uşbu körsatkiç 2025-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 25,3 foizga yoki 8,8 mlrd dollarga köpdir.

Xöjalik yurituvçi subyetklarning eksport tuşumlari valyuta taklifi ösişining asosiy omillaridan böldi. Bunda, eksportdan tuşgan tuşumlarning 9,5 mlrd dollari yoki 57,2 foizi içki valyuta bozorida sotilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 33 foizga yoki 2,4 mlrd dollarga köpaydi.

Jismoniy şaxslar operatsiyalarining ijobiy saldosi ham bozorda qöşimça taklif manbai bölib xizmat qildi, jumladan aholining valyuta sotuvi xarididan 7,9 mlrd dollarga köp böldi. Xalqaro pul ötkazmalari orqali mamlakatga 15,2 mlrd dollar kelib tuşib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 foizga oşdi. Xalqaro pul ötkazmalari orqali xorijiy mamlakatlarga 2,0 mlrd dollar çiqib ketdi va 13,2 mlrd dollarlik ijobiy saldo şakllandi.

Töliq şarh bilan tanişing

USD = 12014.37
+40.93
EUR = 13280.68
-1.46
RUB = 146.19
+1.66
GBP = 15899.82
+8.67
JPY = 75.11
+0.12
CHF = 14338.67
-50.75
CNY = 1800.90
+5.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X