Joriy yilning 30-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida tijorat banklari vakillari iştirokida moliyaviy ommaboplik böyiça kredit taşkilotlari reytingining dastlabki hisob-kitob natijalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida reytingni şakllantiriş metodologiyasi, baholaş mezonlari hamda dastlabki hisob-kitob natijalari yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, reyting körsatkiçlarini hisoblaşda foydalanilgan ma’lumotlar, ularning aniqligi va baholaş jarayonini yanada takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Mazkur reytingning asosiy maqsadi — moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, banklar örtasida soğlom raqobatni rağbatlantiriş hamda aholiga va tadbirkorlik subyektlariga körsatilayotgan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oşirişdan iborat.










