Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

Yangilangan sana:  26 Iyul 2019, 10:29
24 Iyul 2019

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Banklar va bankfaoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish vaqo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihada valyutani tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi, valyuta operatsiyalariga davlat organlarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, valyuta kursini aniqlashda faqatgina bozor mexanizmlari qo‘llanilishiga qaratilgan bir qator normalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining yangi tahriri valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasidagi mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash, valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jabhalarini maksimal to‘liq belgilashga zamin yaratish va buning natijasida qonunchilikda havola qiluvchi normalarni qisqartirishga erishishga qaratilgan.

Qonun loyihasi muhokamasi natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasiniikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi PF–5296-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashda ishchi guruh kelib tushgan fikrlar va takliflarni inobatga olgan holda loyihaning moddama-modda muhokamasini o‘tkazdi. Xususan, banklarga qo‘llaniladigan jarimalar miqdori ikki baravarga qisqartirildi, aksiyadorlar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarga qo‘llaniladigan jarimalar chiqarib tashlandi.

Loyiha bilan ushbu Qonundan ko‘zlangan maqsad va vazifalardan, halqaro Bazel qo‘mitasining “Bank nazoratining asosiy prinsiplari”, shuningdek bank faoliyatini amalga oshirishning ilg‘or xorijiy tajriba va umume’tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o‘rganishdan kelib chiqib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan bank faoliyatiga ruxsat berish shartlari, O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu faoliyatni amalga oshirish, shuningdek banklarni qayta tashkil etish va tugatish borasidagi munosabatlarni tartibga solish, Markaziy bankining banklarni prudensial nazorat qilishda prudensial talablar, qo‘llanadigan vosita va tartib-taomillarni belgilash borasidagi vakolatlarini aniqlash, tavakkalchilikka asoslangan nazorat tizimining asosiy elementi bo‘lgan fikr-mulohazalarning asoslantirilgan usulidan foydalanish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, omonatchilarning hamda bank xizmatlaridan boshqa foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralar ham nazarda tutilgan.

Umuman olganda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi respublika bank tizimining barqarorligini oshirishga, banklar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratilishiga, omonatchilar hamda bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi muhokamasi natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasiniikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishto‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 noyabrdagi “Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4026-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida mulkni ta’riflash va uni garovga qo‘yish tartib-taomilini soddalashtirish, mulkni navbatdagi garovga qo‘yish bo‘yicha cheklovni chiqarib tashlash, eng ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda, ta’minotli operatsiyalarda garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratishga oid talablarni unifikatsiya qilish va kreditorlarning huquqlarini himoya qilish orqali mulkni garovga qo‘yish, lizing va majburiyatlarni ta’minlashning boshqa turlarining amaldagi mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Qonunning loyihasi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, aholi va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, mamlakatning xalqaro reytingini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi muhokamasi natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.

USD = 10209.86
+2.17
EUR = 12021.09
+125.05
RUB = 137.46
-4.91
GBP = 13362.66
+308.05
JPY = 96.43
+0.24
CHF = 11186.44
+98.36
CNY = 1463.91
+8.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X