Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha nashriga qisqacha ma’lumot

Yangilangan sana: 10 Apr 2020, 16:43
27 Mar 2020

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansining holati bir qator ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi.

2019 yilda to‘lov balansi holatiga ta’sir qilgan ichki omillar 2018 yildagi kabi hududlarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini jadal tarzda amalga oshirishga doir iqtisodiyotni kreditlash hajmining oshishi, tashqi qarz va xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Xomashyo tovarlari narxlarining ijobiy dinamikasi, shuningdek, pul o‘tkazmalari bo‘yicha tushumlarning ko‘payishi tashqi omillardan bo‘ldi.

Yuqorida keltirilgan omillarning ta’siri ostida to‘lov balansining joriy hisobi 3,2 mlrd. AQSh dollariga teng defitsitni ko‘rsatdi. Bunda savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (9,6 mlrd. doll.) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (6,3 mlrd. doll.) bilan qisman qoplandi.

Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining ko‘payishi (9,6 mlrd. doll.), shuningdek, rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (3,1 mlrd. doll.) natijasida 6,5 mlrd. dollarni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi 2020 yilning 1 yanvarida 12,3 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda boshqa mamlakatlarga nisbatan davlat boshqaruvi“sof kreditor”, bank sektori va boshqa sektorlar mos ravishda “sof qarzdor” va “sof kreditor”hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining yalpi tashqi qarzi 2020 yilning 1 yanvarida 24,4 mlrd. dollarni tashkil qilib, undan 15,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 8,6 mlrd. dollari xususiy tashqi qarzdir.

Yuqorida ta’kidlangan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar, shuningdek, ularning o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zgarishlarining tahlili O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha nashrida keltiriladi.

USD = 12790.12
-4.9
EUR = 13936.11
+42
RUB = 130.03
-1.59
GBP = 16591.34
+72.97
JPY = 84.21
+0.46
CHF = 14808.52
+69.41
CNY = 1802.09
+6.07
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X